AQSHdagi motor moyi zavodida dahshatli portlash bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 22 avgust kuni AQSHning Luiziana shtatida joylashgan moylash materiallari va motor moylari ishlab chiqaruvchi zavodda kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, ABC News xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Tangipaxoa okrugidagi Rouzland shahrida joylashgan Smitty’s Supply zavodida sodir bo‘lgan. Portlashdan keyin yong‘in chiqqan, osmonga baland alanga ko‘tarilgan. Zavodda evakuatsiya boshlangan, keyinchalik okrug hokimiyati korxonaga yaqin yashovchi odamlar va 1 mil (taxminan 1,6 km) radiusdagi hudud aholisining majburiy evakuatsiyasini e’lon qilgan.

Mahalliy hokimiyat jabrlanganlar va ularning soni haqida ma’lumot bermagan. Portlash sabablari noma’lum.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Smitty’s Supply kompaniyasi moylash materiallari, jumladan, motor moylari ishlab chiqaradi va tarqatadi. Zavodning ombor hududi 5,6 gektardan ortiq bo‘lib, u yerda qariyb 400 kishi ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Yolo okrugida joylashgan mushak omborida kuchli portlash sodir bo‘lib, katta yong‘in chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh portlash Luiziana

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing