AQSHdagi avariya: futbolchining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik trakchi ozod bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, AQSHning Ogayo shtatida o‘zbekistonlik yuk mashina haydovchisi Behzod Asrorov avtohalokat oqibatida kollej futbolchisi bo‘lgan Tobias Forsaytning o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Asrorov joriy yilning 10 iyul kuni ilk bor sudda qatnashdi va shartli ravishda ozod qilindi. Bu haqda “ABC 6” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Asrorov Madison okrugi sud majlisida tarjimon orqali muloqot qilgan. Haydovchi elektron kuzatuv moslamasi taqish sharti bilan garovsiz ozod qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatdan keyingi tergov davomida yuk mashinasining boshqaruv kamerasiga oid holatlar tekshirilmoqda. Tergov yakunlangach, unga qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilishi mumkin.

Mazkur hodisa AQSHda tijorat haydovchilik guvohnomasini (CDL) olish talablari, xususan, yuk mashinasi haydovchilarining tayyorgarligi va ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha bahslarni kuchaytirdi.

Ma’lumot uchun, Asrorov Ogayo shtatida CDL guvohnomasini 2024 yil kuzida olgan. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti uning mamlakatga shu yilda grin-karta dasturi orqali kirganini bildirgan.

Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda. Halok bo‘lgan sportchining oilasi uning dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyul kuni sodir bo‘lgan avtohalokatdan so‘ng Behzod Asrorov yuk mashinasidagi videoregistratorni olib tashlashga uringani va hodisa bo‘yicha dalillarni yashirishga harakat qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing