AQSHda siam egizaklardan biri turmush qurdi (video)
Bu qiziq
−
20 iyul 128742 1 daqiqa
AQSHda yashovchi siam egizaklardan biri turmushga chiqdi. Bu haqda “Today” nashri xabar berdi.
Egizaklardan biri Karmen Andrade o‘z sevgilisi Daniyel Makkormakka turmushga chiqqan. Ular ilk bor 2020 yilda Hinge ilovasida tanishgan.
Qiziq jihati shundaki, uning bir tanadagi singlisi Lupita Andrade turmushga chiqmoqchi emasligini aytgan.
Opa-singillar tos suyagi, bir oyog‘i va reproduktiv tizimga ega. Har birining ikkita qo‘li bor. Qizlar homilador bo‘la olmaydi. Ular endometrioz tufayli gormon blokerlarini qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, birikkan egizaklar ba’zida xalq orasida siam egizaklari deb ham ataladi. Juda kam uchraydigan mazkur hodisa 49 mingtadan 189 mingta tug‘ilish holatida atigi 1 ta kuzatiladi. Janubi-g‘arbiy Osiyo va Afrikada ko‘rsatkichlar birmuncha yuqoriroq. Siam egizaklarining yarmi o‘lik tug‘iladi va yana uchdan bir qismi 24 soat ichida vafot etadi. Tirik tug‘ilgan bunday egizaklarning katta qismi ayol jinsli bo‘ladi.
Live
Barchasi