AQSHda otishma sodir bo‘ldi. Jarohatlangan borligi aytilmoqda
Olam
−
11 May 2020 6648 1 daqiqa
AQSHning Texas shtatida joylashgan Fort-Uort shahridagi xiyobonda otishma sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida besh kishi jarohat oldi. Bu haqda “Dallas Morning News” gazetasi yozmoqda.
Nashr bergan xabarga ko‘ra, voqea Villaj Krik xiyobonida yuz bergan. Otishma boshlanganida u yerda 600 nafarga yaqin odam bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, dastlab mushakbozlik bo‘lgan, so‘ngra otishma boshlangan.
Jarohat olganlarning barchasi shifoxonalarga olib ketilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, deya baholanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, xiyobondagi hodisadan biroz o‘tib, avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchasida ham xuddi shunday otishma sodir etilgan.
Ayni paytda politsiya, ushbu ikki voqea o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr