AQSHda mutaxassislar Trampning saylovdan keyingi manipulyatsiyalaridan xavotirda
Olam
−
11:37 1604 2 daqiqa
Saylov mutaxassislari AQSHda joriy yil noyabr oyidagi Kongress saylovlaridan keyin ovozlarni sanash uchun ketadigan vaqt – bir necha soat va kunlar siyosiy bosim hamda asossiz da’volar tarqatilishi uchun himoyasiz davrga aylanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
AQSHda oraliq saylovlarga olti haftadan kam vaqt qolgan bir paytda Kongress ustidan nazorat masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Sobiq federal hukumat amaldorlari va saylov jarayoni bo‘yicha mutaxassislar saylovdan keyingi “sanash oynasi”ni ayniqsa himoyasiz davr sifatida baholamoqda.
Ularning xavotiriga ko‘ra, Prezident Donald Tramp ma’muriyati va uning tarafdorlari saylov natijalari o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan taqdirda, ovozlar sanalayotgan vaqtda asossiz ayblovlarni kuchaytirishi va natijalarga shubha uyg‘otishga urinishi mumkin.
Tramp ma’muriyati pochta orqali ovoz berishga keng ko‘lamli cheklovlar joriy etishga harakat qilgan edi. Biroq AQSH Oliy sudi joriy iyl sentyabr oyida ma’muriyat qo‘llab-quvvatlagan Missuri shtatining Kongress saylov okruglari xaritasini oraliq saylovlarda qo‘llashni to‘xtatgan.
Nashrning yozishicha, ayrim shtatlarda Trampga sodiq siyosiy kuchlar saylov natijalarini sanash jarayonidagi muhim vaqtdan foydalanib, tasdiqlanmagan da’volarni ommalashtirishi mumkinligi haqida xavotirlar bor.
Saylov mutaxassislari esa ovozlarni sanash jarayonidagi oddiy kechikishlar yoki texnik muammolar noto‘g‘ri talqin qilinib, saylov natijalariga nisbatan shubhalarni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ma’lumot uchun, AQSHda 2026 yilgi oraliq saylovlar 2026 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Vakillar palatasi va Senatdagi o‘rinlar uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan urush AQSH oraliq saylovlaridan keyin tugashini aytgandi.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr