AQSHda migrantlarga fuqarolik beruvchi shou tashkil etilishi mumkin

Olam

image

AQSH Ichki xavfsizlik departamenti mamlakat fuqaroligini qo‘lga kiritish imkonini beruvchi “Ochlik o‘yinlari ” filmiga o‘xshash realiti-shou loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda loyiha muallifi, prodyuser va yozuvchi Rob Uorsoff ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyiha mashhur “Ochlik o‘yinlari” (Thye Hunger Games) filmiga aloqador emas, asosiy maqsad “umid uyg‘otish va AQSH fuqarosi bo‘lish nimani anglatishini ko‘rsatish”.

Uorsoffning aytishicha, ishtirokchilar g‘alaba qozonish uchun bir-birlari bilan turli sinovlarda bellashadi, ammo mag‘lub bo‘lganlar deportatsiya qilinmaydi. Shouda qatnashuvchilar o‘zaro bilim sinovlarida, xususan, AQSH tarixi bo‘yicha viktorinalarda qatnashadi, shuningdek, Michigan shtatidagi Detroyt shahrida avtomobil zavodida mashina yig‘ish va konlardan oltin qazib olish kabi amaliy topshiriqlarni bajaradi. Ular mamlakat bo‘ylab poyezdda sayohat qiladi va har bir epizod yakunida bir ishtirokchi loyihani tark etadi.

Uorsoff loyihani olib boruvchi boshlovchi sifatida AQSH fuqaroligini olgan taniqli migrantlarni taklif qilmoqchi. Ular orasida kolumbiyalik aktrisa Sofiya Vergara, kanadalik aktyor Rayan Reynolds yoki ukrainalik aktrisa Mila Kunis kabi nomlar tilga olingan.

Prodyuserning ta’kidlashicha, hozircha u Ichki xavfsizlik departamenti rahbari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazmagan, biroq vazirlik xodimlaridan ijobiy fikrlar olgan. U bu loyihani ilgariroq Baraka Obama va Jo Bayden ma’muriyatlari davrida ham taklif qilgan, ammo o‘shanda amalga oshmay qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Ichki xavfsizlik departamenti noqonuniy muhojirlarni mamlakatdan chiqib ketishga undash maqsadida ularga 1000 dollar miqdorida to‘lov taklif qilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti realiti-shou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing