AQSHda kuchli bo‘ron oqibatida qayiq ag‘darilib, 3 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
04 iyul 943 1 daqiqa
Kecha, 3 iyul kuni AQSHning Viskonsin shtatidagi Jeneva ko‘lida kuchli bo‘ron vaqtida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yetti kishi qutqarib qolindi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Janubiy Viskonsin hududidan kuchli bo‘ron o‘tishi vaqtida sodir bo‘lgan. Uolvort okrugi sherifi o‘rinbosari Tom Hausnerning aytishicha, bo‘ron daraxtlarni qulatib, elektr uzatish tarmoqlari va binolarga zarar yetkazgan. Oqibatda okrug bo‘ylab ko‘plab jarohatlanish holatlari qayd etilgan.
Qutqaruv xizmatlariga binolarda qolib ketgan fuqarolar va bo‘ron oqibatidagi talafotlar haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Biroq yo‘llarga qulagan daraxtlar va elektr simlari qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgan.
Leyk Jeneva shahri meri Todd Krauze favqulodda holat e’lon qilgan. Uning ma’lum qilishicha, daraxt qulashi oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan, shaharning bir nechta hududida esa elektr ta’minoti uzilgan.
Halok bo‘lganlar va qutqarilganlarning shaxsi hozircha ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Illinoys va Indiana shtatlariga kuchli bo‘ron va tornado yopirilishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lib, bir necha kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi