AQSHda deyarli 50 yil oldingi qotillik fosh etildi
Olam
−
10 may 2025 7152 2 daqiqa
AQSHning Ogayo shtatida yashovchi shaxsga deyarli 50 yil oldin sodir etilgan qotillikda ayblov ishi e’lon qilindi. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1977 yilda 24 yoshli Janet Ralston jinsiy zo‘ravonlikka uchragan va keyin bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Uning jasadi bar yonidagi avtomobilning orqa o‘rindig‘ida topilgan. Qizning do‘stlari politsiyaga u muassasani noma’lum erkak bilan tark etganini aytgan.
Santa-Klara okrugi prokurori o‘rinbosari Rob Beykerning aytishicha, detektivlar jabrlanuvchining saqlanib qolgan mashinasidan topilgan sigaret qutisidagi izlarni ma’lumotlar bazasi orqali aniqlashga harakat qilgan, biroq urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. O‘tgan yili byuro tizimdagi qidiruv algoritmini yangilaganidan so‘ng ular yana tekshirilgan.
Topilgan izlar 69 yoshli Villi Yudjin Simsga tegishli ekani aniqlangan. Uning izlari, shuningdek, Ralstonning tirnoqlari ostida va uni bo‘g‘ib o‘ldirgan ko‘ylakda topilgan.
Rasmiylarga ko‘ra, endi Sims 48 yil oldinga qilgan qotilligi uchun sud oldida javob beradi. U 25 yildan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH tarixida birinchi marta sun’iy intellekt (AI) vafot etgan shaxsga o‘z qotiliga hukm o‘qilishi chog‘ida sudda “gapirish” imkonini bergan edi. 2021 yilda Arizonada yo‘l-transport hodisasida otib o‘ldirilgan Kristofer Pelkining oilasi uning nomidan videomurojaat yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025