AQSHda “Delta” sikloni oqibatida ikki kishi vafot etdi
Olam
−
12 Oktabr 2020 9956 1 daqiqa
AQSHning Luiziana shtatida oldin "bo‘ron" deb baholangan "Delta" sikloni oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"11 oktyabr kuni Sog‘liqni saqlash boshqarmasi "Delta" bilan bog‘liq ikki kishining o‘limini tasdiqladi", deyilgan xabarda.
Xabarlarga ko‘ra, 86 yoshli erkak omborxonadagi yong‘in oqibatida vafot etgan. Yana bir qurbon - 70 yoshli ayol bo‘lib, "Delta" oqibatida kelib chiqqan yong‘inda maishiy gaz sizib chiqishi tufayli vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni AQSHning Luiziana shtatiga "Delta" bo‘roni yopirilgandi. Oqibatda, Texasda 115 mingga yaqin, Luiziana shtatida esa 270 mingdan ortiq iste’molchi elektr energiyasiz qolgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr