AQSHda Bayden qarori ustidan tekshiruv boshlandi
Olam
−
23 Oktabr 2021 7796 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir qator idoralari mamlakatning amaldagi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha yangi tekshiruvlarni boshladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Pentagon, AQSH Davlat departamenti, Ichki xavfsizlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bosh inspektorlari o‘z tekshiruvlarini o‘tkazadi.
Qayd etilishicha, ular AQSH diplomatik xodimlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi, mamlakat elchixonasining yopilishi, shuningdek afg‘on qochqinlarini favqulodda evakuatsiya qilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.
Ma’lum qilinishicha, inspektorlar Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha maxsus bosh inspektor Jon Sopko bilan hamkorlikda ishlaydi.
Avvalroq, AQSH Davlat departamenti bosh inspektori Dayan Shou amerikalik diplomatlarning afg‘on sektoridagi faoliyatining bir qator toifalarini ko‘rib chiqishni boshlashi haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden joriy yilning 14 aprel kuni Afg‘onistondagi operatsiyani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi, bu Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniya bo‘ldi. AQSH bu urushni 2001 yil oktyabr oyida boshlagan. Amerika qo‘shinlarini olib chiqish joriy yilning may oyida boshlandi va sentyabr oyining boshlarida yakunlandi.
Live
Barchasi