AQSHda ammiak zavodi portlab ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 5 noyabr kuni ASHning Missisipi shtati Yazu shahridagi CF Industries ammiak ishlab chiqarish zavodida katta portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Mississippi Free Press” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan zavod vodorod va azot mahsulotlari, jumladan ammiak va o‘g‘itlar ishlab chiqaradi. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. CF Industries kompaniyasi “hodisa vaqtida ob’ekt ichida bo‘lgan barcha xodimlar va pudratchilar xavfsiz tarzda evakuatsiya qilinganini” ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, shtat hokimiyati aholiga hozircha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda, chunki zavoddan zaharli moddalar sizib chiqishi hali bartaraf etilmagan. Hodisa joyiga yaqin yashovchilarga esa evakuatsiya qilish buyurilgan. Amerika Qizil Xochi vaqtinchalik yordamga muhtoj yoki uydan chiqa olmaydigan aholi uchun iqlim nazorati bilan ta’minlangan qabul markazini ochgan.

Missisipi gubernatori Teyt Rivzning so‘zlariga ko‘ra, shtatning Favqulodda vaziyatlar agentligi, Atrof-muhit sifati departamenti va Jamoat xavfsizligi departamenti mahalliy favqulodda holat rahbarlariga yordam ko‘rsatmoqda.

Qizil Xochning ma’lum qilishicha, havo sifati va xavfli moddalarning mavjudligini kuzatuvchi guruhlar “vaziyatni faol ravishda monitoring qilib bormoqda”.

Tashkilot markazga kelayotgan aholiga o‘zlari bilan zarur narsalarni – retsept bo‘yicha dori vositalari va tibbiy buyumlar, muhim hujjatlar (shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, sug‘urta hujjatlari), shaxsiy gigiyena vositalari, mobil telefon zaryadlagichlari hamda bolalar uchun zarur buyumlarni olib kelishni qat’iy tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Tennessi shtatidagi portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi Accurate Energetic Systems (AES) zavodida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda bir necha kishi halok bo‘lgan, kamida 18 kishi bedarak yo‘qolgan, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh ammiak zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing