AQSH vizaga ariza topshirgan o‘zbekistonliklarning 64 foiziga rad javob berdi

Jamiyat

image

2024 yilda AQSH O‘zbekiston fuqarolari tomonidan topshirilgan B1/B2 toifasidagi viza arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Bu haqda AQSH Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

O‘tgan yilda Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston fuqarolari tomonidan topshirilgan B1, ya’ni tadbirkorlik vizasi hamda B2 – sayohat vizalari arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 4,85 foizga yuqori. O‘shanda rad etish darajasi 59,56 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Turkmaniston – 58,80 foiz;
  • Qozog‘iston – 46,29 foiz;
  • Tojikiston – 45,24 foiz;
  • Qirg‘iziston – 39,14 foiz.

Vizani rad etishning yuqori darajasi Armanistonda (59,46 foiz), Kanadada (56,35 foiz) va Eronda (55,54 foiz) ham qayd etilgan. Pastroq ko‘rsatkichlar esa Fransiyada (8,50 foiz), Germaniyada (10,02 foiz), Yaponiyada (5,76 foiz) va ayniqsa BAAda – atigi 1,46 foiz darajasida kuzatilgan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p arizasi rad etilgan davlatlar qatorida Laos (82,84 foiz), Somali (77 foiz) va Mavritaniya (70,07 foiz) bor.

MDH davlatlari orasida vizani rad etish darajasi Rossiyada 38,56 foiz, Belarusda 28,79 foiz, Ozarbayjonda 21,46 foiz va Ukrainada 33,45 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda F, M yoki J noimmigratsion vizasiga murojaat etuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini “ommaviy” holatga o‘tkazish talab qilinishi xabar qilingandi. Ushbu talab joriy yilning 21 iyunidan boshlab kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh vizasi B1 viza B2 viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing