AQSH Turkiyadagi diplomatik vakillarini evakuatsiya qiladi

Olam

image

Turkiyaning Adana shahridagi AQSH Bosh konsulligi xodimlari va ularning oilalari xavfsizlik sababli mamlakatdan evakuatsiya qilinadi. Bu haqda bugun, 9 mart kuni AQSH Davlat departamenti bayonot berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda ortib borayotgan Eron hujumlar sababli amerikalik xodimlarga ushbu hududda sayohat cheklovlari joriy qilingan. Xususan, janubi-sharqiy Turkiyadagi Adana, Adiyaman, Batman, Bingo‘l, Bitlis, Diyorbakir, Elazig‘, Gaziantep, Hakkari, Hatay, Ichel, Kilis, Qahramonmarash, Malatya, Mardin, Mush, Usmoniya, Siirt, Shonliurfa, Shirnak, Tunjeli va Van shaharlarida anti-AQSH va anti-Isroil kayfiyat kuchaygani bois sayohat qilmaslik tavsiya etilgan.

Departament, shuningdek, janubi-sharqiy Turkiyada bo‘lgan amerikaliklarni darhol tark etishga chaqirgan. Adana Bosh konsulligi barcha konsullik xizmatlarini vaqtincha to‘xtatgani sababli yordamga muhtoj amerikaliklar Anqaradagi AQSH elchixonasi yoki Istanbuldagi Bosh konsullikka murojaat qilishi kerakligi aytilgan. 

Eslati o‘tamiz, bugun, 9 mart kuni Eron tomonidan otilib, Turkiya havo hududiga kirgan ballistik raketa ikkinchi bor urib tushirilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya evakuatsi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing