AQSH Rossiya va Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmoqchi – WSJ
Olam
−
09 dekabr 2022
4760Bugun, 9 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya va Xitoyga nisbatan inson huquqlarining buzilishi hamda Pekinning Tinch okeanida noqonuniy baliq ovlashni qo‘llab-quvvatlagani uchun yangi sanksiyalar joriy qilmoqchi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, cheklovlar doirasida yuqori martabali davlat va harbiy amaldorlar, shuningdek,korrupsiya va inson huquqlari buzilishida ayblanayotgan ishbilarmon doiralar vakillarining AQSHdagi aktivlarini muzlatish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ularning AQSHga kirishi cheklanadi va ular bilan biznes qilish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, yangi cheklovlar hukumat amaldorlarining xalqaro miqyosdagi sayohatlarini qiyinlashtiradi. Sanksiyalangan korxonalarni moliyalashtirish mushkul bo‘ladi. Shuningdek, AQSH ma’muriyati Rossiyaning bir qancha mudofaa sanoati korxonalari va Markaziy saylov komissiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tinch okeanida noqonuniy baliq ovlash bilan shug‘ullanayotgan 170 ga yaqin yirik Xitoy tashkilotlariga cheklovlar joriy qilmoqchi.
LiveBarchasi