AQSH osmonida ulkan meteorit portladi (video)
Olam
−
18 mart 31412 1 daqiqa
Kecha, 17 mart kuni tongda AQSHning Ohayo shtati osmonida yirik meteorit portladi. Portlash quvvati trotil ekvivalentida 250 tonnani tashkil etgan. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va koinotni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) vakillariga tayanib, NBC News xabar berdi.
“U ko‘plab parchalarga bo‘linib ketdi va trotil ekvivalentida taxminan 250 tonna energiya ajratib chiqardi”, deydi telekanalga NASA meteoritlar bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Bill Kuk.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, meteorit parchalari yerga sochilgan. Telekanalga ko‘ra, meteoritning vazni 7 tonna, diametri esa taxminan 1,8 metrni tashkil etgan. U soatiga qariyb 72,4 ming km tezlikka erishgan va parvoz paytida parchalanib ketgan, bu esa kuchli portlashga sabab bo‘lgan.
Meteoritning uchib o‘tishini Ohayo, Viskonsin va Merilend shtatlari aholisi kuzatgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, meteorit parvoz paytida parchalanib ketishdan oldin atmosferaning yuqori qatlamlari bo‘ylab taxminan 55 km masofani bosib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyaning g‘arbiy hududida meteorit qulagandi. Uning parchalari qator turarjoy binolariga zarar yetkazgan.
Live
Barchasi