AQSH Maxfiy xizmati kichik Trampga suiqasd videosini o‘rganmoqda
Olam
−
08:24 1545 1 daqiqa
AQSH Maxfiy xizmati Eron davlat telekanalida Prezident Donald Trampning kichik o‘g‘li Barron Trampga suiqasd uyushtirish ehtimoli haqida tarqatilgan videodan xabardorligini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Maxfiy xizmat vakili Neyt Herringning aytishicha, idora himoyasidagi shaxslarga nisbatan tahdid sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday materialni tekshiradi.
“AQSH Maxfiy xizmati videodan xabardor va himoyasidagi shaxslarga tahdid sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday holatni tekshiradi. Operatsion xavfsizlik nuqtai nazaridan himoya razvedkasiga oid masalalarni muhokama qilmaymiz”, degan Herring.
Ma’lumot uchun, Eron davlat telekanalida efirga uzatilgan uch daqiqalik videoda 20 yoshli Barron Trampni o‘ldirish ehtimoli haqida so‘z yuritilgandi. Unda Barron kuzatilayotgani va uni o‘ldirish uchun 10 million dollar mukofot va’da qilingani haqida da’volar bildirilgan.
AQSH va Eron o‘rtasida qariyb olti oydan beri davom etayotgan urush fonida ikki davlat o‘rtasidagi keskin bayonotlar ham saqlanib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Eronning davlatga qarashli telekanali efirida AQSH Prezidenti Donald Trampni o‘ldirish uchun mukofot puli yig‘ishga chaqiriq yangragandi.
Live
Barchasi