AQSH qiruvchi samolyoti Qizil dengizga qulab tushdi – CNN

Olam

image

Kecha, 6 may kuni AQSHning yana bir F/A-18 Super Hornet qiruvchisi USS Harry S. Truman atom aviabazasidan Qizil dengizga qulab tushdi. Bu bir hafta ichida mazkur aviabazadan ikkinchi F-18 samolyotining yo‘qotilishi hisoblanadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, samolyot aviabazaga qo‘nish vaqtida tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Uchuvchi va qurol tizimini boshqaruvchi ofitser katapult yordamida chiqarilgan. Ularni qutqaruv vertolyoti olib chiqqan, ekipaj a’zolarining ahvoli yengil jarohatlar bilan baholanmoqda. CNN’ning boshqa ikki manbasining ta’kidlashicha, samolyot dengizga qulab tushgan va hozircha topilmagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 28 aprel kuni ham AQSH harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati F/A-18 Hornet samolyoti USS Harry Truman aviabazasidan Qizil dengizga qulab tushgani haqida xabar bergan. Samolyot cho‘kkan, bir harbiy xizmatchi yengil jarohat olgan. F/A-18 narxi 60 million dollardan ortiq deb baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiylari Sana janubidagi As-Savad hududida husiylar tomonidan qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qiruvchi samolyot Qizil dengiz F/A-18 Super Hornet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing