AQSH fond bozori tarixida sensatsiya: Meta aksiyalari arzonlashib ketdi 

Texnologiya

image

Facebook’ning bosh kompaniyasi Meta Platforms aksiyalari Nyu-York fond birjasidagi savdolar ochilishida 26 foizdan ko‘proq arzonlashdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, birja yopilishida bitta qimmatli qog‘oz 237,76 dollarni tashkil etgan, bu avvalgi savdo sessiyasi yopilishidan 26,39 foizga kam. 

Qayd etilishicha, Meta’ning bozor qiymati 251 milliard dollarga tushgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu fond bozori tarixidagi har qanday AQSH kompaniyasi uchun bozor qiymatining bir kunlik eng yirik pasayishi hisoblanadi. Oxirgi savdo sessiyasida Meta kapitallashuvi 900 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, hozir u 660 milliard dollardan sal oshgan. 

Meta aksiyalari Meta kompaniyasining 2021 yilning 4-chorak moliyaviy hisoboti e’lon qilinganidan so‘ng tushib ketgan. Unda sof daromadning 8 foizga kamayib, 10,28 milliard dollarga yetgani ko‘rsatilgandi. 

Meta, shuningdek, Facebook’ning kunlik faol foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqning 18 yillik tarixida birinchi marta kamaygani haqida xabar bergan. 

Avvalroq, Meta kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan superkompyuter — AI Research SuperCluster (RSC) ishlab chiqilganini e’lon qilgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, Amerikaning Facebook kompaniyasi 2021 yil 28 oktyabrda o‘z nomini Meta’ga o‘zgartirdi. Kompaniya tomonidan o‘ylab topilgan yangi nom nafaqat dasturlarni, balki to‘ldirilgan reallik qurilmalarini ham birlashtiradigan tanlangan “metakoinot” konsepsiyasining davomidir.


Maqola muallifi

Teglar

Meta

Baholaganlar

142

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing