AQSH Eronga qarshi urushda Ukrainadan yordam so‘radi – Zelenskiy

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainadan Eron dronlaridan himoyalanishda yordam so‘raganini bildirdi. Bu haqda u kecha, 5 mart kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Ukraina rahbari Yaqin Sharqda Eronning “Shaxid” dronlariga qarshi kurashda aniq yordam ko‘rsatish bo‘yicha AQSHdan so‘rov olganini yozdi. Vladimir Zelenskiy AQSHning ushbu iltimosiga ijobiy javob bergan.

“Zaruriy vositalarni taqdim etish va talab darajasidagi xavfsizlikni ta’minlay oladigan ukrainalik mutaxassislar ishtirokini ta’minlash haqida topshiriq berdim. Ukraina o‘z mamlakatimizga yordam berayotgan, xalqimiz hayotini himoya qilayotgan hamkorlarni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotgan bir vaqtda, Rossiya Erondan yordam ko‘rsatish, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha hech qanday murojaat olmaganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing