AQSH Eronga qarshi urushda qancha zarar ko‘rdi?

Olam

image

AQSHning Eron bilan urushdagi dastlabki 3 haftalik yo‘qotishlari 1,4 mlrd dollardan 2,9 mlrd dollargacha baholandi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Baholashni AQSH Mudofaa vazirligining sobiq yuqori lavozimli moliyaviy nazoratchisi Eleyn Makkasker keltirgan. Yuqori hisob-kitobga Qatardagi AQSH bazasida joylashgan radar tizimiga yetgan zarar ham kiritilgan.

Urush davomida AQSH quyidagi harbiy texnikalarni yo‘qotgan yoki zarar ko‘rgan:

  • MQ-9 Reaper turidagi ko‘plab dronlar yo‘q qilingan (har biri kamida 16 mln dollar);
  • R-15 va F-35A qiruvchi samolyotlari zarar ko‘rgan (taxminan 100 mln va 82,5 mln dollar);
  • KC-135 yonilg‘i quyuvchi samolyotlaridan biri yo‘q qilingan, yana beshtasi shikastlangan;
  • Gerald R. Ford aviatashuvchi kema yong‘in sabab jang hududini tark etgan;
  • AN/TPY-2 (kamida 300 mln dollar turadi) va AN/FPS-132 (taxminan 1 mlrd dollar) radar tizimlari ishdan chiqqan.

Shuningdek, ayrim texnikalar endi ishlab chiqarilmayotgani sababli ularni yangilari bilan almashtirish yanada qimmatga tushishi mumkin.

Bundan oldin “The New York Times” AQSHning Yaqin Sharqdagi operatsiyasining faqat ilk 6 kuni ham 11,3 mlrd dollarga tushganini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan AQSH Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar doirasida Turkiya bilan aloqalarni muvofiqlashtirayotgani haqida aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing