AQSH Eronga qarshi operatsiyasida 65 mlrd dollardan ko‘proq pul yo‘qotdi

Olam

image

AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga sarflangan mablag‘ 65 milliard dollardan oshib ketdi. Bu haqda real vaqtda hisob-kitob yurituvchi “ Iran War Cost Tracker” portali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya boshlanganiga 59 kun bo‘lgan va shu vaqt ichida xarajatlar keskin o‘sgan. Hisob-kitob metodikasi Pentagonning Kongressga taqdim etgan hisobotiga asoslangan. Unda dastlabki olti kunning o‘zida 11,3 milliard dollar sarflangani, keyingi bosqichlarda esa, xarajatlar kuniga taxminan 1 milliard dollarga teng bo‘lishi aytilgan.

Portal umumiy sarf-xarajatlarga harbiylar ta’minoti, mintaqaga yuborilgan kemalar va boshqa operatsiyaviy xarajatlarni kiritadi.

Shu bilan birga, OAVning ma’lum qilishicha, Eron AQSHga yangi taklif yuborgan. Unda Hormuz bo‘g‘ozini ochish va urushni yakunlash muhokama qilinishi mumkin, ammo yadroviy dastur masalasini keyingi bosqichga qoldirish taklif etilgan.

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon esa, AQSH harakatlari va diplomatiya haqidagi bayonotlari o‘rtasida ziddiyat borligini ta’kidlagan.

Ayrim amerikalik siyosatchilar esa, bu operatsiyani “keraksiz urush” deb baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan urushni yakunlash bo‘yicha ilgari surilgan taklifdan norozi ekanini bildirgandi. Amerikalik rasmiylarning fikricha, Hormuz bo‘g‘ozini ochish masalasi yadro dasturi, xususan, uranni boyitish va zaxiralar bilan bog‘liq muammolar hal etilmasdan turib ko‘rib chiqilsa, bu AQSH uchun muzokaralardagi asosiy bosim vositasini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, bo‘g‘oz blokadasining davom etishi energiya narxlarining yuqori bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Hormuz bo'g'ozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing