AQSH–Eron kelishuvining eng katta “qurboni” Netanyaxu bo‘lishi mumkin

Olam

image

AQSH va Eron o‘rtasida erishilgan kelishuvning eng katta “qurboni” Isroilning Eronga nisbatan strategiyasi emas, balki mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning siyosiy imiji bo‘lishi mumkin. Bu haqda tahlilchilar, sobiq amerikalik amaldorlar va diplomatlar fikriga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Tahlilchilarning baholashicha, Netanyahu uzoq yillar davomida o‘zini Eron masalasida Vashington siyosatiga ta’sir ko‘rsata oladigan yetakchi sifatida namoyon etib kelgan. U AQSH Respublikachilar partiyasi qo‘llab-quvvatloviga tayanib, Isroil va Amerika o‘rtasida Eron bo‘yicha strategik birdamlikni ta’minlay oladigan yagona isroillik siyosatchi sifatida o‘zini ko‘rsatgan hamda Tehronni faqat doimiy harbiy bosim orqali tiyib turish mumkinligini ta’kidlab kelgan.

Biroq tahlilchilar fikricha, Vashington va Tehron o‘rtasidagi yangi kelishuv vaziyat tubdan o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. Agar avval Netanyahu AQSHning Eronga oid siyosatini shakllantirishga intilib kelgan bo‘lsa, endi u Oq uy qarorlariga moslashishga majbur bo‘lmoqda.

Nashrning qayd etishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp siyosiy kelishuvga e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda Isroilning e’tirozlari Vashingtonda tobora hal qiluvchi omil emas, balki kelishuvga erishish yo‘lidagi to‘siq sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Trampning Oq uyga qaytishi haqidagi yangi kitobda uning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan bo‘lgan keskin suhbati tafsilotlari ochiqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing