“Hamma seni yomon ko‘radi”. Tramp Netanyaxu bilan “ajrashmoqchi” bo‘lgan – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytishi haqidagi yangi kitobda uning Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bo‘lgan keskin suhbati tafsilotlari ochiqlandi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Jurnalistlar Meggi Xaberman va Jonatan Suonning kitobida da’vo qilinishicha, o‘tgan yilning kuzida Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu o‘rtasida keskin telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan. “The Independent” nashrining yozishicha, bahsga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Amerika rejasining muhokamasi sabab bo‘lgan. Kitob mualliflarining ta’kidlashicha, Tramp Isroil Bosh vaziridan taklif qilingan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashni talab qilgan.

“Hamma sendan charchadi, Bibi. Barcha yahudiylar sendan charchadi”, deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi kitobda.

Mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika yetakchisi agar Netanyaxu kelishuvdan bosh tortsa, ikki ittifoqchi o‘rtasida “ajrashish” yuz berishi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.

Kitobda da’vo qilinishicha, yakunda Netanyaxu taklif qilingan rejaga rozi bo‘lgan. Ushbu ixtilofga qaramay, siyosatchilar o‘rtasidagi munosabatlar saqlanib qolgan. Keyinchalik, Isroil Bosh vaziri Trampni Eronga qarshi harbiy kampaniyani qo‘llab-quvvatlashga ishontira olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Donald Tramp Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot chog‘ida uni keskin tanqid qilib, “aqldan ozgan” deb atagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing