AQSH Davlat kotibini olib ketayotgan samolyot nosozlik sabab ortga qaytdi

Olam

image

Myunxenga AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Senatning Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Jim Rishni olib borishi kerak bo‘lgan AQSH Harbiy-havo kuchlarining samolyoti texnik nosozlik tufayli kecha, 13 fevral kuni kechqurun Vashingtonga qaytdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ma’lum qildi.

“Bugun kechqurun Vashingtondan Myunxenga uchayotganida kotib Rubio bortida texnik muammo yuzaga keldi. Samolyot ortiga qaytdi va Endryu havo kuchlari bazasiga qaytmoqda”, deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rubio Germaniyaga, so‘ngra Yaqin Sharqqa boshqa samolyotda uchib ketish niyatida.

“Kokpit old oynasi bilan bog‘liq muammo Boeing 757 ning maxsus versiyasi bo‘lmish C-32 Vashington yaqinidagi Endryu havo kuchlari bazasidan havoga ko‘tarilganidan taxminan 90 daqiqa o‘tgach yuzaga kelgan”, dedi rasmiy.

Rubio va Rish Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Rubio safarini boshqa samolyotda davom ettirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, bugun, 14 fevral kuni ertalab Myunxenda AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan rejalashtirilgan uchrashuvga o‘z vaqtida yetib kela oladimi yoki yo‘qmi, noma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

Myunxen AQSh Davlat kotibi Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing