AQSH Afg‘onistonga 474 million dollar bermoqchi
Olam
−
15 dekabr 2021 4283 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga COVID-19 ga qarshi qo‘shimcha 1 million doza vaksina va qariyb yarim milliard dollarlik gumanitar yordam ajratadi. Bu haqda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest xabar berdi.
"Qo‘shma Shtatlar COVAX dasturi orqali Afg‘oniston xalqiga qo‘shimcha bir million doza COVID-19 vaksinasini taklif qildi va bu vaksina dozalarining umumiy soni 4,3 millionni tashkil qiladi", deb yozdi Uest Twitter'dagi sahifasida.
Shuningdek, u joriy yilda AQSH Afg‘onistonga ko‘rsatgan insonparvarlik yordamiga 474 million dollar qo‘shganligini ta’kidlagan.
Avvalroq, Jahon banki Afg‘oniston uchun 280 mln dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28