Afsonaviy angliyalik futbolchi Shomurodovning ustoziga aylanishi mumkin
Sport
−
05 noyabr 2024 13456 1 daqiqa
Angliya futboli afsonasi Frenk Lempard Italiyaning “Roma” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar “bo‘rilar”ning amaldagi ustozi xorvatiyalik Ivan Yurich iste’foga chiqsa, 46 yoshli Frenk Lempard “Roma”ni boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biriga aylanadi.
Ma’lumot uchun, “Chelsi” afsonasi faoliyati davomida “Derbi” va “Everton” kabi klublarda murabbiylik qilgan.
Qayd etish joiz, “Roma” klubida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov to‘p tepadi. 29 yoshli hujumchi klubining A Seriya oxirgi turi doirasidagi “Verona”ga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirildi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust