ADM Electrics yangi binoda avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni boshladi
Biznes
−
29 avgust 8386 2 daqiqa
2025-yil 22-avgust kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi "ADM Electrics" MCHJning 100 ish o‘rinli yangi ishlab chiqarish binosi rasman foydalanishga topshirildi. Ushbu ob’ektda avtomobil sanoatiga mo‘ljallangan zamonaviy butlovchi qismlar ishlab chiqariladi.
.jpg)
Tadbirda Asaka tumani hokimi Nasibillo Mo‘minov, Andijon viloyati hokimining vakili Ilyosbek Umrzoqov, shuningdek, ADM Global kompaniyalar guruhi bosh direktori maslahatchisi Shuhrat Yusupov ishtirok etdi. Tashrif chog‘ida ular ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, korxona tomonidan amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish tashabbuslariga ijobiy baho berdi. Tadbir doirasida, shuningdek, yoshlar, ishsizlar va tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazilib, mahalliy sanoatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
.jpg)
"ADM Electrics" uchun ushbu yangi bino – bu oddiy qurilish emas, balki korxonaning texnologik salohiyati, ishlab chiqarish hajmi va sanoatdagi o‘rnini mustahkamlovchi strategik qadamlardan biridir.
.jpg)
Korxona ADM Jizzakh avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan Kia Sonet avtomobiliga butlovchi qismlar ishlab chiqarmoqda. Shu bilan birga, kompaniya hozirda avtomobil sanoatida ko‘plab loyihalarni mahalliylashtirish ustida faol ishlamoqda.
.jpg)
Yangi ishlab chiqarish binosining ochilishi bu jarayonlarni jadallashtirish, mahsulot sifatini yanada oshirish va mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilariga yaqinroq xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bu esa nafaqat eksport-import muvozanatini ijobiy tomonga o‘zgartiradi, balki O‘zbekistonda sanoat mustaqilligiga ham sezilarli hissa qo‘shadi.
.jpg)
(3).jpg)
Yangi ishlab chiqarish quvvati hududdagi ishsizlikni kamaytirish va yoshlar bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr