“Adana Demirspor” “Galatasaroy”ga qarshi o‘yindagi holatga izoh berdi
Sport
−
10 fevral 5146 1 daqiqa
Turkiya Superligasi vakili “Adana Demirspor” klubi matbuot xizmati “Galatasaroy”ga qarshi o‘yindagi vaziyat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi. Bayonot klubning X sahifasida e’lon qilindi.
“12-daqiqada jamoamiz darvozasiga nohaq penalti belgilandi. Shu sababdan biz VAR aralashuvini kutgandik. Ammo VAR tizimidan darak chiqmaganidan keyin Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan bog‘lanib, maydonni tark etish qarorimiz haqida ma’lum qildik. Qarorimiz to‘rtinchi hakamga bir necha bor yetkazilgan. biroq stadiondagi shovqin tufayli futbolchilarimizga kech yetkazilgan. Kerakli choralar kechikkan va natijada jarayon 30-daqiqagacha cho‘zilgan. Bu qaror hakamlarning tizimli va qasddan yo‘l qo‘ygan xatolari hamda adolatsizliklariga klubimizning javobidir. Oxirgi yillarda bo‘lgani kabi joriy mavsumda ham hakamlarning qarorlariga katta sabr-toqat ko‘rsatgan bo‘lsak-da, adolatsiz, xato va noxolis qarorlar ko‘payib bormoqda. Bu nohaq va noxolis qarorlar bizga qarshi emas, balki Turkiya futbol federatsiyasi va Markaziy hakamlar qo‘mitasiga, ular olib borayotgan tizimlarga qarshilikdir”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Galatasaroy” - ”Adana Demirspor” o‘yinida hakamning qarorlari sabab, adanalik futbolchilar o‘yinni davom ettirishdan bosh tortgandi.
Live
Barchasi