Abdumalik Halokov Osiyo o‘yinlaridagi yurishini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
26 Sentabr 2023
2593Osiyo o‘yinlarida boks dasturidan o‘rin olgan bugungi janglarga start berildi. Xanchjouda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zosi, boks bo‘yicha jahon chempioni Abdumalik Halokov o‘yinlardagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
O‘zbekistonlik sporchi ilk bosqichda 57 kilogramm vaznda Xitoy Taipeyi vakili Cheng Vei Lini katta ustunlik bilan dog‘da qoldirib, navbatdagi davraga yo‘l oldi. Uning keyingi bosqichdagi raqibi vetnamlik Van Duong Nguyen bo‘ladi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida 75 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Aziza Zokirova o‘zining ilk jangini tailandlik Maneyekon Baysonga qarshi o‘tkazib, 0:5 ko‘rinishidagi hisob bilan imkonyatni boy bergan holda musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining kecha, 25 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan boks musobaqalarini Hasanboy Do‘smatov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar ham g‘alaba bilan boshlagan edi.
LiveBarchasi