9 ta bankning valyuta birjasi savdolaridagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
20 mart 2019 4710 1 daqiqa
Valyuta birjasi (O‘zRVB) savdolarida yo‘l qo‘yilgan muntazam qoidabuzarliklar sababli bir qator tijorat banklarining savdolardagi ishtiroki vaziyat aniqlashtirib olinguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatildi. Buhaqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Savdolardagi ishtiroki to‘xtatilgan banklar: Hamkorbank, Turkiston bank, Hi-tech bank, Universal bank, Infinbank, Ipak yo'li bank, Savdogarbank, Trastbank, Asia Alliance bank).
Valyutani tartibga solish sohasidagi qonunchilikni buzgani uchun mazkur banklarga nisbatan 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan davrida 31 holatda jami 2,5 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari ko‘llanilgan.
Shu bilan birga, tijorat banklari xorijiy valyuta oldi-sotdi amaliyotlarini birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirish huquqiga egadirlar.
"Bank mijozlari tijorat banki chet el valyutasini xarid qilish va sotishni rad etgan hollarda Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat etishlari mumkin. Markaziy bank banklar o‘z vazifa va majburiyatlarini, shu jumladan mijozlarga yetkazilgan zararni qoplashini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi choralarni ko‘rib boradi", deyiladi xabarda.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral