Tijorat banklari dollar kursini ko‘tardi
Jamiyat
−
20 yanvar 2021
9319Bugun, 20 yanvardan O‘zbekistondagi tijorat banklarida valyuta sotish va sotib olish kurslari ko‘tarildi.
Ayrim banklar bugundan 1 AQSH dollari kursini 30 so‘mga oshirib, 10550 so‘mdan sotishni boshladi. Shuningdek, 1 AQSH dollari 10 500 so‘mdan sotib olinyapti.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 19 yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagandi. Unga ko‘ra, AQSH dollarining rasmiy kursi 27 so‘m 61 tiyinga oshib, 10 500 so‘m 81 tiyinni tashkil qilgandi.