Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi yakunlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi. Yalpi majlis ikki kun davom etdi.

Senatorlar ikki kun davomida 26 ta masala, shu jumladan 16 ta qonun ko‘rib chiqdi.Senat 15 ta qonunni qabul qildi. “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘dakla va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsultlariga doir talablar to‘g‘risida”gi qonun takomiliga yetkazish uchun quyi tashkilotlarga qaytarib yuborildi.

Senatning yigirma birinchi yalpi majlisida O‘zbekistonning 3 ta xalqaro Konvensiyaga qo‘shilishi va 1 ta xalqaro Bitimni ratifikatsiya qilishi tasdiqlandi.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasi, Ichki va Tashqi ishlar vazirlari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi va Xorazm viloyati hokimining hisobotlarini ko‘rib chiqdi.

Bundan tashqari, bo‘sh turgan, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar hamda uzumchilik-bog‘dorchilik shirkatlarining ahvoli yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga so‘rovlar ham yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Senat yalpi majlis

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing