5G tezligida: Mobiuz Farg‘ona vodiysida mobil aloqani o‘zgartirmoqda
Biznes
−
09 iyul 5863 2 daqiqa
Mobiuz mobil aloqa operatori Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida tarmoqni kengaytirishni davom ettirmoqda.
5G’ga katta e’tibor
Farg‘ona vodiysida O‘zbekiston aholisining sezilarli qismi (taxminan uchdan bir qismi) yashaydi. Bu uyali aloqa tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga alohida talablar qo‘yadi. Millionlab abonentlar istalgan paytda video-kontentni ortiqcha kutishlarsiz tomosha qilishi, pul o‘tkazishi, qo‘ng‘iroq qilishi va smartfondagi boshqa barcha amallarni bajarishi muhim.
So‘nggi bir yarim yil davomida Mobiuz 5G tarmoqlarini faol joriy etib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Farg‘ona vodiysidagi shahar va tumanlarda 300 dan ortiq 5G tayanch stansiyalari faoliyat yuritmoqda. 2026-yil yanvar – iyun oylarida 5G Andijon viloyati Shahrixon tumanida, Namangan viloyati Chust tumanida birinchi marta ishga tushirildi, shuningdek, Farg‘ona shahrida qamrov kengaytirildi.
Texnologiyaga bo‘lgan haqiqiy talabni internet-trafik yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bir yarim yil ichida Farg‘ona vodiysidagi 5G tarmoqlarida foydalaniladigan ma’lumotlar hajmi 600 barobarga oshdi va ortib bormoqda.
4G LTE’ga yuqori talab
Shu bilan birga, barcha tarmoqlarda mobil internetdan foydalanish darajasi ortib bormoqda. 2026-yil iyun oyida 2025-yil dekabr oyiga nisbatan Mobiuz abonentlari Andijon viloyatida 14 foiz, Namangan viloyatida 5 foiz, Farg‘ona viloyatida esa 4 foiz ko‘proq mobil internetdan foydalanmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichlar Mobiuz infratuzilmasining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. 2026-yil boshidan buyon Farg‘ona vodiysida 130 dan ortiq yangi 4G LTE tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Yangi ob’ektlar Andijon viloyatining Asaka, Marhamat tumanlarida, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida, Namangan viloyatining Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida, Namangan shahrida va boshqa ko‘plab hududlarda paydo bo‘ldi.
Shuningdek, uch viloyatning barcha shahar va tumanlarida o‘nlab tayanch stansiyalar modernizatsiya qilindi. Shu bilan birga kompaniya magistral infratuzilma bo‘yicha ishlarni olib bordi.
Ekranda sezilayotgan barqarorlik
Olib borilayotgan ishlar abonentlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda: video va ilovalar tezroq yuklanmoqda, video-qo‘ng‘iroqlar va to‘lovlar barqaror amalga oshirilmoqda, ayrim tumanlarda esa birinchi marta 5G tarmog‘ining haqiqiy imkoniyatlari namoyon bo‘lmoqda. Mobil internet sifatining yaxshilanayotganini nafaqat xizmatlardan foydalanishda sezish mumkin, balki Speedtest.net, fast.com va boshqa maxsus servislar yordamida tekshirish ham mumkin.
Mobiuz respublikaning barcha hududlarida infratuzilmani rivojlantirishga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda. Keyingi materialda Mobiuz Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida olib borilgan ishlar haqida so‘z yuritadi.
Kompaniya haqida ko‘proq yangiliklarni pr.mobi.uz saytida o‘qing.
Live
Barchasi