Xonimi o‘zgargan Oq uy: Jill Bayden qarorgohni Rojdestvoga tayyorladi

Olam

image

Joriy yilning 29 noyabr kuni Oq uyda AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden boshchiligida Rojdestvo archasi yasatildi. Yangi bezaklarni ommaga birinchi xonimning o‘zi namoyish etgan.

Qayd etilishicha, bu yilgi Rojdestvo bezaklarining mavzusi “Yurakdan sovg‘alar” deb nomlangan.

An’anaga ko‘ra, balandligi 5-6 metrga yetadigan archani Oq Uyga qo‘ng‘iroqlar bilan ot aravachada olib kelingan. Umumiy 41 ta archani yasatish uchun 2 km tasma, 300 dan ortiq chiroqlar, 10 000 ga yaqin yangi yil bezaklari va 80 mingga yaqin chiroqlardan foydalanilgan. Archa daraxtining narxi 139 000 dollarga baholangan.

Dizaynerlar Oq uyni amerikaliklarga pandemiya oqibatlarini yengishda yordam bergan kichik jihatlardan ilhomlanib, bezatishgan. Asosan dizaynlar orqali koronavirusga qarshi kurash fronti ishchilari sharaflangan.

Oq uyning sharqiy qanotidagi yulduzli archaga AQSH harbiylarining jasoratlari aks etgan surat, oshxonadagi archaga esa Jo va Jill Baydenning surati joylashtirilgan. Ular Donald Trampni ham unutishmagan. Boshqa bir archadan Trampning surati joy olgan.

Baydenning har bir nabirasi - Naomi, Finnegan, Meyzi, Natali, Ovchi va chaqaloq Bo uchun bayram paypoqlari Oq uy oshxonasidagi kamin panjarasiga osilgan. Shu bilan birga oshxonadagi ikkita archa daraxti Baydenlar oilasining suratlari bilan bezatilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Oq uyda Rojdestvo archasini o‘rnatish an’anasi 1889 yilda, AQSHning 23-prezidenti Benjamin Garrison birinchi marta Sariq xonaga bayram archasini o‘rnatgan paytdan boshlangan. 1912 yildan beri AQSHning 27-prezidenti Uilyam Taft ma’muriyati davridan archa Moviy xona ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. 

Har yili AQSH Prezidenti rafiqasining Oq uyni Rojdestvoga bezatishi alohida voqelik sifatida qabul qilib kelinadi. 2019 yil sobiq Prezdent Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp Oq uyni haqiqatan oqlikka burkagandi. 2018 yilda esa bezaklardan tortib, archalar ham qizil tus olgan. 2020 yil Melaniya oxirgi marta Oq uyda Rojdestvoni nishonladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made