50 yoshli Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi (video)
Sport
−
10:01 2903 1 daqiqa
Kecha, 6 mart kuni Ozarbayjonning Baku shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining dastlabki saralash bahslari ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Chusovitina kvalifikatsiyada 13.049 ball bilan uchinchi pog‘onani egallab, final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur yo‘nalishdagi final bugun, 7 mart sanasiga belgilangan. Shuningdek, Chusovitina yana to‘sindagi mashq dasturida ham saralash bosqichida qatnashadi.
O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari Abdulaziz Mirvaliyev va Humoyun Ismoilov erkin mashq, Rasuljon Abdurahimov esa parallel brusdagi mashqda ishtirok etdi. Biroq ular to‘plagan ball final uchun yetarli bo‘lmadi.
Live
Barchasi