5 oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani aytildi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda 2025 yilning o‘tgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanish holati ro‘yxatga olinib, unda 42 fuqaro jabrlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining 10 tasida uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida botulizm kasalligi qayd etilgan.

Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. 3 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. 1 ta holatda kimyoviy zaharlanish qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har yili 600 millionga yaqin kishi zaharli yoki sifatsiz ovqat iste’moli oqibatida kasallanadi.

O‘zbekistonda esa 2024 yilda qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan jami 20 ming 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1512 tasida (7,49 foiz) olib borilgan tekshiruvlar natijasida ularning 664 tasida (3,29 foiz) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi bir oilaning to‘rt nafar a’zosi botulizm bilan kasallangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston zaharlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing