44 yil qamoqda o‘tirib, oqlangan erkak millionerga aylandi – (fotolar)

Bu qiziq

image

Umrining qariyb yarim asrini panjara ortida o‘tkazgan amerikalik qora tanli erkakka 25 mln AQSH dollari miqdoridagi tovon puli to‘landi. Bu haqda "usatoday.com" yozdi.

Gap shundaki, 1976 yilda AQSHning Shimoliy Karolina shtatida 54 yashar oq tanli ayolni zo‘rlash va mol-mulkini talon-toroj qilishda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 68 yoshli Ronni Long 2020 yilning avgust oyida oqlandi. Oradan uch yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, nohaq azob-uqubatlarni boshidan kechirgan erkak 25 mln dollarlik tarixiy to‘lov bilan taqdirlandi.

"21 yoshida qamalib, 65 yoshida qamoqdan chiqqan Longaga 25 million dollar tovon puli to‘lashga qaror qilindi”, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Ushbu summa mamlakatda noqonuniy sudlanganlik uchun berilgan eng katta miqdordagi tovon puli ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda 48 yil qamoqda o‘tirgan erkak oqlangan, biroq unga to‘lanadigan kompensatsiya bir necha yil o‘tib belgilanishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq jazosi 44 yil Shimoliy Karolina Ronni Long

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing