38 yoshda men Ronaldudan yaxshiroq o‘ynardim – van Basten
Sport
−
19 avgust 2023 6472 1 daqiqa
Niderlandiyalik mashhur futbolchi Marko van Basten Ronaldu haqida to‘xtalib o‘tdi. Sobiq futbolchi o‘z intervyularidan birida 38 yoshida u “Krishtianu Ronaldudan yaxshiroq o‘ynashi” mumkinligi haqida gapirdi.
“Ayaks”,“Milan” va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi doimiy jarohatlari tufayli 31 yoshida faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan.
“Hozirgi o‘yinchilardan qaysi biri menga o‘xshaydi? Levandovski biroz o‘xshaydi. Krishtianu Ronaldu ham bunga yaqin, ammo u jismonan kuchliroq. Ronaldu 38 yoshda va hali ham o‘ynamoqda. 38 yoshgacha o‘ynasam qanday holatda bo‘lishimni ko‘rishni istardim. O‘ylaymanki, 38 yoshda men Ronaldudan yaxshiroq o‘ynagan bo‘lardim”, deydi van Basten.
38 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubiga o‘tganidan beri 25 o‘yinda 20 ta gol urdi. U yaqindagina Ar-Riyod klubi bilan Arab chempionlari kubogida g‘olib chiqdi.
Live
Barchasi