3 ta viloyatda yerni noqonuniy sotayotgan “uddaburonlar” qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 Sentabr 2023 5078 2 daqiqa
Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaro issiqxona qurmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, unga davlat zaxirasida bo‘lgan 1 gektar yer maydonini 150 ming AQSH dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali olib berishini va’da qilgan. Bundan tashqari, u 9 ming AQSH dollari evaziga ushbu yerni kadastr tizimidagi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishini ham aytib, jami 159 ming AQSH dollari talab qilgan. U bu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Viloyatning Paxtachi tumanida kuzatilgan holatda esa 1982 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining onasiga tegishli bo‘lgan fermer xo‘jaligining 10,45 gektar yer maydonini mevani qayta ishlash zavodi qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorga 900 mln so‘mga sotishga kelishgan. U oldindan 13 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida esa bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik ishchisi, muqaddam sudlangan shaxs mazkur xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini xaridorga 45 ming AQSH dollariga sotishini aytgan. U 40 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Andijonning Asaka tumanida yashovchi shaxs bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka tegishli 24 sotix yerni xaridorga kelgusida turar-joy qurish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berish bilan 22,5 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi