2030 yilgi Jahon chempionati finali qayerda bo‘lishi aytildi

Sport

image

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan 2030 yilgi Jahon chempionatining final uchrashuvi Ispaniyada o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda Lusan kecha, 26 yanvar kuni Madridda bo‘lib o‘tgan APDM’ning o‘ninchi yillik gala-tadbirida ma’lum qildi.

“Ispaniya ko‘p yillar davomida o‘zining yuqori tashkilotchilik salohiyatini namoyish etib kelmoqda. 2030 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonlarini aynan Ispaniya boshqaradi va turnirning final uchrashuvi ham shu yerda bo‘lib o‘tadi”, deydi Rafael Luzan.

RFEF rahbari, shuningdek, mazkur mundialning tarixiy ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tgan.

“Bu alohida ahamiyatga ega Jahon chempionati bo‘ladi, chunki o‘sha yili Urugvayda ilk Jahon chempionati o‘tkazilganiga 100 yil to‘ladi. Biz ushbu darajaga munosib javob berishimiz lozim. Ispaniya 2030 yilda tarixdagi eng yaxshi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Luzan.

2030 yilgi Jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash davlatlari birgalikda mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, navbatdagi FIFA Jahon chempionati 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixida ilk bor unda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati final 2030

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing