2026 yildan ayrim texnikum o‘quvchilariga stipendiya beriladi

Jamiyat

image

2026 yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.

Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi.

Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi.

Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab texnikumlarda “dual ta’lim” asosida ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi. “A’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotgan o‘quvchilarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi.

Ma’lumot uchun, “dual ta’lim” – bu o‘quv jarayoni ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladigan ta’lim tizimidir:

Nazariy ta’lim – maktab yoki kollejda darslar, fanlar va nazariy bilimlar beriladi.

Amaliy ta’lim – o‘quvchi yoki talaba ish beruvchi korxonada yoki sanoat muassasasida real ish jarayonida amaliy ko‘nikmalarini oshiradi.

Boshqacha aytganda, dual ta’lim – bu o‘qish va ishlashning birlashgan tizimi, unda talaba o‘z sohasidagi nazariy bilimlarni darhol amaliyotda qo‘llaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Fuqaro aviatsiyasi universiteti tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev dual ta'lim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing