2020 yildan YOI tizimidagi bir qator tashkilotlar yopilishi mumkin
Jamiyat
−
31 avgust 2019 5515 1 daqiqa
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining o‘tgan vaqt davomida o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan bir qator tashkilotlari optimizatsiya qilinadi hamda tizimda mafkuraviy jihatdan o‘ziga o‘xshagan tashkilotlar bilan birlashtirib yuboriladi.
Bu haqda YOI vakili Nodir Abduqodirov “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarni shakllantirish” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Tizimda mafkuraviy jihatdan o‘ziga o‘xshagan tashkilotlarni birlashtirib yuborish va shu orqali byudjet mablag‘larini tejash — mantiqan to‘g‘ri deb hisoblaymiz. Yil yakuniga qadar o‘rganish ishlari yakunlanadi. 2020 yildan boshlab Yoshlar ittifoqi tizimidagi bir qator tashkilotlar yopilishi ehtimoli bor. Chunki o‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmayotgan tashkilotni saqlab o‘tirishga hojat yo‘q”, dedi Nodir Abduqodirov.
Ma’lum qilinishicha, Yoshlar ittifoqi Bosh prokuratura akademiyasi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning faolligini oshirish, yosh davlat xizmatchilari hamda yosh rahbarlar o‘rtasida korrupsion muhitlarni barvaqt profilaktika qilish maqsadida “Korrupsiyasiz soha” nomli Yoshlar laboratoriyalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025