20 ming dollarni çegaradan yaşirinça olib çiqayotganlar uşlandi
3-sahifa
−
18:30 664 1 daqiqa
Andijon viloyatida 20 000 AQŞ dollarini çet elga noqonuniy olib çiqayotganlar uşlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Andijon viloyati bojxona boşqarmasining “Xonobod” çegara bojxona posti orqali qöşni mamlakatga çiqib ketayotgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilgan.
Körik davomida avtotransport vositasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va oğzaki sörov davomida ma’lum qilinmagan 20 000 AQŞ dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
Bildirilişiça, hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondan xorijga çiqib ketmoqçi bölgan fuqarolardan bir neçta holatda belgilangan tartibda deklaratsiyalanmagan naqd xorijiy valyuta aniqlangan edi.
Live
Barchasi