17 yashar qiz gamburger ta’mli pomidor yetishtirdi

Olam

−

image

Amerikalik 17 yoshli maktab o‘quvchisi Gabriella Rotberg gamburger ta’miga ega genetik modifikatsiyalangan pomidor yetishtirdi. Bu haqda “Lifehacker” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gabriellaning ilm-fanga qiziqishi ota-onasi orqali shakllangan. Uning otasi biotexnologiya kompaniyasida DNK ketma-ketligini o‘rganish bilan shug‘ullanadi, onasi esa saraton kasalligini tadqiq qiladi. Qiz noodatiy pomidor yetishtirish g‘oyasini 15 yoshida, oshxonada sendvich tayyorlayotgan paytida o‘ylab topgan.

U Mayami universiteti murabbiyi Meddison Marshall bilan birgalikda o‘simliklarga gem ishlab chiqarish uchun zarur genetik materialni kiritgan. Gem — tarkibida temir bo‘lgan molekula bo‘lib, go‘shtga xos ta’m va rang shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. DNKni o‘simlikka o‘tkazish uchun Agrobacterium bakteriyasidan foydalanilgan.

Dastlabki bir necha oy davomida tajribalar natija bermagan. Bunga vitaminlar konsentratsiyasidagi xato sabab bo‘lgan. Oziqlantiruvchi muhit to‘g‘rilangach, pomidorlar tez o‘sa boshlagan va maqsadiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonlik olimlar yuqori hosildor va kasalliklarga chidamli yangi kartoshka navini yaratgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing