15 mingdan ziyod dorini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida oldindan kuzatuvga olingan shaxs chet davlatda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noquniny ravishda sotyotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida savdo do‘konida kelgusida sotish maqsadida 146 turdagi 15 mingdan ziyod dori vositalari saqlanayotganligi aniqlangan. Shundan so‘ng tezkor tadbir Qo‘ng‘irot tumanida davom ettirilib, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 680 quti dori vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotgan yana bir ombor aniqlangan. 

Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur dori vositalarining dastlabki qiymati 219 mln so‘mni tashkil etadi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Toshkent viloyatining “Navoiy” hamda “Oybek” chegara bojxona postida xujjatsiz dorilarni chegaradan olib o‘tishga uringanlar ushlangan edi.

Shahzoda Shukurullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing