13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi

3-sahifa

image

O‘zbekistonliklarning xorijiy mamlakatlarda jinoyat sodir etishi bilan bog‘liq xabarlar tinmayapti. Navbatdagi holat yana Turkiyaning Istanbul shahrida aniqlandi va unda gumondor 13 yashar o‘zbekistonlik bola.

Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 13 yashar o‘zbekistonlik S.T. 24 yoshli opasi A.T.ning sevgilisi bo‘lgan 26 yoshli Muhammad O‘.ga uyining oldida pichoq bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jarohat olgan shaxs zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan, bolakay esa qo‘lga olingan. 

Picture background

Voqea joriy yilning 22 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:30 da Istanbulning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan mavzesi Oqsaroyda sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni Muhammad O‘. va uning sevgilisi bo‘lgan A.T.ning ukasi o‘rtasida janjal chiqqan. Oqibatda bolakay yigitning chap ko‘krak qismiga pichoq bilan zarba bergan. 

Tez tibbiy yordamga va politsiyaga bolakayning opasi xabar bergan. Jarohatlangan yigit shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, shifoxonaga olib ketilgan. Bolakay esa voqea joyidan yashiringan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, bolakay voqea joyiga yaqin bog‘dan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing