11 yil ichida ilk bor Fransiya Braziliya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Fransiya va Braziliya terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi. Uchrashuv keyingi yilning 28 mart kuni Massachusets shtatining Foksboro shahridagi “Jillett” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ESPN xabar berdi.


Ikki federatsiya o‘yinni Jahon chempionatiga tayyorgarlik sifatida AQSHda o‘tkazishga kelishib oldi. Har ikkala terma jamoa ham o‘z mintaqasida saralash bosqichini yakunlab, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Fransiya va Braziliya o‘yini keyinroq yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bilan davom etishi mumkin, manbalarga ko‘ra, raqib Meksika yoki AQSH bo‘lishi kutilmoqda.

Bu ikki terma jamoa 1998 yilgi Fransiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida to‘nash kelgan va unda Fransiya g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bu jamoalar oxirgi bor 2015 yil 15 martda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va unda Braziliya 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, Braziliya Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida chorak finalga qadar yetib borib, Xorvatiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Fransiya terma jamoasi finalga qadar yetib borib, finalda Argentinaga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Braziliya o'rtoqlik uchrashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing