Husiylar Tel-Avivga ballistik raketa uchirganini e’lon qildi

Olam

image

Yamandagi husiylar harakati Isroil poytaxti Tel-Avivdagi Ben Gurion xalqaro aeroportiga “Falastin-2” ballistik raketasi bilan hujum qilganini ma’lum qildi. Bu haqda husiylar harbiy voizi Yahyo Sariya telemurojaatida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba Isroilning davom etayotgan hujumlari va G‘azo sektori blokadasi uchun javob choralari doirasida amalga oshirilgan. Sariyaning qayd etishicha, zarbalar Isroil agressiyasi tugamaguncha davom etadi.

Isroil armiyasi esa 18 iyul kuni kechqurun Yamandan uchirilgan raketa havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan tutib olinganini ma’lum qilgandi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ogohlantiruvchi sirenalar chalingach, Tel-Aviv aholisi bomba panohlaridan boshpana topgan, Ben Gurion aeroporti esa parvoz va qo‘nishlarni vaqtincha to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida Isroil “Qora bayroq” operatsiyasini boshlab, uning davomida Yamanning uchta portiga, shuningdek, huciylar 2023 yilda qo‘lga kiritgan “Galaxy Leader” yuk kemasiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing