Husanovning PSJga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport

−

image

Kecha, 14 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi o‘z maydonida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov manchesterliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Unda Parij jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Sofascore” portali Abduqodir Husanovning o‘yinini 6,1 ball bilan baholadi. Bu o‘yindagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi. “Shaharliklar” safidan faqat Donnarumma Abduqodirdan past ball oldi. O‘z darvozasidan 4 ta to‘p olib chiqqan posbonning o‘yindagi harakatlari 5,3 ballga loyiq ko‘rildi.

Bu bahs Husanov uchun “Manchester Siti” safida ketma-ket ikki uchrashuvni o‘tkazib yuborganidan keyingi ilk o‘yin bo‘ldi. Shuningdek, mazkur mag‘lubiyat jamoaning joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “PSJ” keyingi turda 20 oktyabr kuni o‘z maydonida Ispaniyaning “Barselona” klubini qabul qiladi. “Manchester Siti” esa shu kuni Gretsiyaning “AEK Afina” jamoasi bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing