Husanovga endi Italiya va Germaniya klublari ham qiziqmoqda
Sport
−
28 dekabr 2024 10603 1 daqiqa
“Lans”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanovga Italiya va Germaniya klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “TBR Football” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugunga kelib 20 yoshli himoyachiga “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Bayer”, “Leypsig”, “Napoli”, “Atalanta” va “Marsel” jamoalaridan qiziqish bor.
Shuningdek, dunyo OAVida Husanov xuzmatlariga Ispaniyaning “Atletiko”, Angliyaning “Manchester Siti” va Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoalaridan ham qiziqish borligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Husanov “Lans” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov yana bir mavsum “Lans” safida qolishi mumkinligi xabar qilingandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust